“Tottenxem” deyarli butun tarkib bilan xayrlashadi

  • 31 iyul, 2022, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antonio Konte “Tottenxem”ni yuqori maqsadlar sari kurashadigan jamoaga aylantirish maqsadida tarkibda jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda.

“Shporlar” transferlar yakunlanishiga etarlicha muddat bor bo‘lgan bir paytda oltita yangi o‘yinchini olishga ulgurdi. Konte talabiga ko‘ra, poytaxt klubi Freyzer Forster, Kleman Langle, Jed Spens, Iv Bissuma, Ivan Perishich va Risharlison bilan shartnoma tuzdi.

Endi klub mutasaddilari Konte ishonch bildirmaydigan o‘yinchilardan qutilishi kerak. Bu ro‘yxatga Tangi Ndobmele, Jovani Lo Chelso, Xarri Uinks, Serxio Regilon, Yafet Tanganga, Jo Rodon, Emerson Royal, Mett Doxerti va Brayan Xil kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!