
"Tottenxem" futbolchisi Madrid klubiga o‘tishi mumkin
"Tottenxem" yarim himoyachisi Jovanni Lo Chelso La Ligaga qaytishi mumkin. Bu haqda TodoFichajes yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, 24 yoshli argentinalik havbek xizmatiga "Atletiko" qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone klub rahbariyatidan ushbu transferni amalga oshirishni so‘ragan.
Jovannining "shporlar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Uning transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar