"Tottenxem" himoyachisi yozda Turinga yo‘l olishi mumkin

  • 27 aprel, 2019, 17:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Tobi Alderveyreld mavsum yakunlangach jamoani tark etadi. Bu haqda Calcio Mercato nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 30 yoshli belgiyalik futbolchining yangi jamoasi “Yuventus” bo‘lishi mumkin. Turinliklar sport direktori uning o‘yinlarini kuzatish uchun 1 may kuni bo‘lib o‘tadigan “Ayaks”ga qarshi uchrashuvga tashrif buyurmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Alderveyreld “shporlar” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 25 mln evroga baholanmoqda. U joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 44ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!