
"Tottenxem" Keynga yangi shartnoma taklif qildi, biroq...
"Tottenxem" rahbariyati jamoa sardori Xarri Keyn bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor. The Guardian nashri xabariga ko‘ra, "shporlar" hujumchiga maoshi sezilarli darajada oshirilgan shartnoma taklif qilgan. Ta’kidlash kerakki, hozir ingliz futbolchisi haftasiga 200 ming funt maosh oladi.
Klub hamon o‘zining eng yaxshi to‘purarini sotishni istamayapti. Rahbariyatning fikricha, Keynning o‘zi oxir-oqibat qolish yaxshiroq degan xulosaga keladi va shuning uchun u transfer masalasida boshqa klublar bilan muzokaralar olib bormayapti.
Keyn hech bo‘lmaganda transfer oynasi yopilmaguncha "Tottenxem" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas. Shartnomani uzaytirish varianti bor, lekin bu eng kam ehtimol ekanligi ta’kidlanmoqda. Katta ehtimol bilan futbolchi shu yozda yo pul uchun ketadi yoki 2024 yilda tekinga ketadi.
Fikrlar