"Tottenxem" Keynni faqat ikki klubdan biriga sotmoqchi
"Tottenxem" hujumchi Xarri Keynni Bundesliga yoki La Liga klubiga sotishi mumkin.
Avval xabar qilinganidek, londonliklar forvard APLning boshqa klubiga o‘tishini xohlamayapti.
"The Times" nashrining yozishicha, agar Keynni yozda qo‘yib yuborish zarurati tug‘ilsa, "Bavariya" yoki "Real" potentsial xaridorga aylanishi mumkin. Agar "shporlar"ning sobiq ustozi Maurisio Pochettino "qirollik klubi"ga o‘tgan taqdirda, futbolchi Madridga yo‘l olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Xarri joriy mavsum 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 3 golga hammualliflik qilgan.

Fikrlar