"Tottenxem" Lo Chelsoni sotib olish fikridan qaytdi
Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati "Betis" yarim himoyachisi Jovani Lo Chelsoni sotib olish fikridan qaytdi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shporlar” 23 yoshli argentinalik futbolchining transfer narxi masalasida La Liga klubi bilan kelisha olishmagan. Ta’kidlash lozimki, bundan avvalroq londonliklar uning uchun 60 mln evro taklif qilishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, Lo Chelsoning tovon puli 100 mln evroni tashkil etadi.
Endi “Tottenxem” faqatgina daniyalik xavbeki Kristian Eriksenni sotib yuborgan taqdirdagina Lo Chelso transferi masalasiga qaytishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Lo Chelso o‘tgan mavsum “Betis” safida jami 45ta o‘yinda maydonga tushdi v 16ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar