"Tottenxem" Lorisning qachon safga qaytishini ma’lum qildi

  • 07.11.2019 19:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Tottenxem" klubi darvozaboni Ugo Loris tirsagidan olgan jarohatini operatsiya qildirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 32 yoshli frantsiyalik posbon 2019 yilda boshqa maydonga tusholmaydi. U 2020 yilning boshlarida safga qaytishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Loris “Tottenxem” safida 2008 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum “shporlar” safida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 17 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!