
"Tottenxem" mag‘lub bo‘lgan bahs Keyn uchun tarixiy bo‘ldi. Sababi...
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn joriy mavsum Premer-ligada so‘nggi o‘yinida juda ko‘p mehnat qildi, u gol urdi, ammo jamoasi "Brentford"ga yutqazdi. Shu tariqa “shporlar” keyingi mavsum qandaydir evrokuboklarda ishtirok eta olishi so‘roq ostida qoldi.
Ammo shu kuni Xarri uchun tarixiy kun bo‘ldi. Boisi aynan “Brentford”ga qarshi bahs uning uchun Angliya Premer-ligasidagi 300-o‘yin bo‘ldi
Eslatib o‘tamiz, chempionatning so‘nggi turida “shporlar” safarda "Lids"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs kelasi yakshanba, 28 may kuni bo‘ladi. “Tottenxem” hozirda turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar