
"Tottenxem" "Milan" forvardi uchun yaxshigina taklif yubordi
Angliyaning "Tottenxem" klubi mutasaddilari "Milan" forvardi Kshishtof Pentek transferi uchun yaxshigina taklif yubordi.
Sports Mole nashri xabariga ko‘ra, "shporlar" rahbariyati 24 yoshli polshalik futbolchi uchun 30 million funt taklif qildi.
Ta’kidlab o‘tish joiz, ushbu mavsumda Pentek "Milan" libosida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, besh gol va bitta gollik pas berishni uddaladi.
Fikrlar