
"Tottenxem" Obameyangga banan po‘stlog‘ini uloqtirgan ishqibozini jiddiy jazoladi (FOTO)
"Tottenxem" klubi kecha "Arsenal"ga qarshi kechgan London derbisida “kanonirlar” hujumchisi Per-Emerik Obameyangga banan po‘stlog‘ini uloqtirgan muxlisni jazoladi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu muxlis “shporlar”ning uchrashuvlariga tashrif buyurish huquqidan bir umrga mahrum etildi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu uchrashuv davomida politsiya “Emireyts”da jami 7 nafar ishqibozni qo‘lga olgan.
Fikrlar