
"Tottenxem" "Real"ga ketishi kutilayotgan Pochettinoning o‘rniga munosib nomzod topib qo‘ydi
Londonning "Tottenxem" klubi "Napoli"ning sobiq ustozi Mauritsio Sarriga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqorigi manbaaning yozishicha “shporlar” “Real”ga o‘tishi kutilayotgan bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning o‘rniga aynan 59 yoshli italiyalik mutaxassisning nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, Sarrini dastavval Londonning boshqa bir klubi – “Chelsi” o‘ziga jalb etishni rejalashtirayotgan edi. Biroq, “aristkratlar” tajribali mutaxassis uchun “Napoli”ga 8 mln evro tovon pulini to‘lashni istashmayapti.
Fikrlar