"Tottenxem" "Roma" futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Londonliklar hujum chizig‘idagi rang-baranglikni oshirish maqsadida bir qator futbolchilarni kuzatib borishmoqda. Ular orasida rimliklar futbolchisi Nikolo Dzanolo ajralib turibdi. Manbaning ma’lumot berishicha, "shporlar" 20 yoshli futbolchining transferi ustida jiddiy ish olib borishmoqda.
O‘z navbatida, "bo‘rilar" ham grand klublardan bo‘lgan bir qator takliflarni rad etib ulgurishdi. Ular italiyalik futbolchiga xaridorlik qiluvchilar 62 mln funt-sterlingning bahridan o‘tishlari kerakligini ta’kidlashmoqda.
“Manchester Yunayted”: 7-raqam siri yoxud o‘tgan asr yulduzlari nega erta so‘nggan?

Fikrlar