
"Tottenxem" safarda "Nyukasl" ustidan zafar quchdi (video)
Angliya premer-ligasining 8-turida “Tottenxem” safarda “Nyukasl” mehmoni bo‘ldi.
Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy kechgan o‘yinda 2:3 hisobida “shporlar”ning qo‘li baland keldi. “Tottenxem”ga g‘alaba keltirgan gollarni Tangi Ndombele (17'), Xarri Keyn (22') va Son Xin Min (45+4') kiritdi. “Nyukasl” hisobiga yozilgan gollarni Kallum Uilson (2') va Erik Dayer (89' avtogol) kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar