“Tottenxem” supertransferlarni davom ettiradi: Nishonda – “Siti” hujumchisi!

  • 10.07.2026 10:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘tgan mavsumdagi qoniqarsiz natijalardan keyin “Tottenxem” klubi yozgi transferlar oynasi davrida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda.

Londonliklar hozirgacha qimmatbaho transferlarni amalga oshirib, klubning xaridlar bo‘yicha rekordlarini ikki marta yangilab bo‘ldi.

Endi “shporlar” hujum chizig‘iga yangi ijrochi taklif qiladi. Ayni paytda  “Tottenxem” klubi “Manchester Siti” hamda Misr milliy jamoasi hujumchisi Umar Marmushni yozgi transferlar davrida asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqida Caught Offside nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” 27 yoshli hujumchini taxminan 60 million yevroga baholamoqda. Marmushga “Tottenxem”dan tashqari “Yuventus”, “Galatasaroy” va Germaniya Bundesligasining bir nechta klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Marmush o‘tgan 2025/26 yildgi mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!