"Tottenxem" Tonali transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
"Tottenxem" yarim himoyachi Sandro Tonalining vakillari bilan ehtimoliy transfer bo‘yicha ijobiy muzokaralar o‘tkazdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, italyalik futbolchini jamoaga olib kelish tashabbusi londonliklar bosh murabbiyi Roberto De Dzerbidan chiqqan.
Shu bilan birga, "shporlar" hozircha Tonalining transferi yuzasidan "Nyukasl" rahbariyati bilan rasmiy aloqaga chiqmagan.
Bitim amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan asosiy omillardan biri transfer narxi hisoblanadi. Avvalroq "Nyukasl" 25 yoshli yarim himoyachi uchun 115 million yevro talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Tonali o‘tgan mavsum Angliya Premier-ligasida 35 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Fikrlar