"Tottenxem" ustozi bir sirni ochdi...

  • 21 sentabr, 2024, 12:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Anj Postekoglou jamoasi angliyalik hujumchi Ayvan Tonini transfer qilish variantini ko‘rib chiqqanini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi oxir-oqibat “Brentford”dan Jiddaning “Al-Ahli” klubiga ko‘chib o‘tdi.

"Shporlar" esa hujumchi tanlashda Dominik Solanke variantini ma’qul ko‘rishdi. Ushbu transfer esa klubga taxminan 70 million evroga tushdi.

"Biz Ayvan variantini ham ko‘rib chiqdik, ammo men Dominik "Tottenxem"da o‘ynashni xohlardim. Solankeni olish uchun uzoq vaqt kerak bo‘ldi. U kerakli profilga mos keladigan futbolchi hisoblanadi”, - dedi Postekoglou matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!