
"Tottenxem" xo‘jayini nega Keynni sotib yubormoqchi?
"Tottenxem" xo‘jayini Jo Lyuis, agar hujumchi Xarri Keyn shartnomasini uzaytirmasa, uni sotib yubormoqchi.
Klub egasi 29 yoshli angliyalik futbolchini kelasi mavsum yakunida, erkin agentga aylanganda tekinga qo‘yib yuborish niyatida emas, deb yozadi Daily Mail.
"Tottenxem" prezidenti Deniel Levi esa Keynni 100 million funtga baholamoqda. Ammo London klubining o‘zi Xarriga haftasiga 400 ming funt sterlinggacha maoshi ko‘tariladigan yangi shartnoma taklif qilib, uni tarkibda saqlab qolishga harakat qilmoqda.
"Tottenxem" allaqachon "Bavariya"ning Keyn bo‘yicha ikkita taklifini rad etgan. Myunxen klubi esa uchinchisini tayyorlamoqda. Shuningdek, "Manchester Yunayted" ham hujumchi uchun kurashga qo‘shilishi mumkin.
Fikrlar