"Tottenxem" yaponlardan futbolchi tanladi

  • 08.10.2026 11:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Brayton» hujumchisi Kaoru Mitoma yaqin vaqtlarda Londonning «Tottenxem» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Brayton» 29 yoshli yapon futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayapti. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha mo‘ljallangan. 

Shu vaziyatdan foydalanish niyatida bo‘lgan «Tottenxem» Mitomani qishki transfer oynasining o‘zidayoq olib kelish imkoniyatini o‘rganmoqda. Yaponiya terma jamoasi o‘yinchisini jamoaga taklif etish tashabbusi shaxsan bosh murabbiy Roberto De Dzerbidan kelib chiqqan. U avvalroq Mitoma bilan «Brayton»da birga ishlagan.

Shu bilan birga, vingerga «Liverpul» va «Bavariya» klublari ham qiziqish bildirmoqda. 

Hozircha «Brayton» Mitomani qishda sotishga tayormi yoki uni shartnoma tugaguncha jamoada saqlab qolib, keyinroq hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha yana bir bor muzokara o‘tkazishni rejalashtirayotgani noma’lum.

Joriy mavsumda Mitoma maydonga tushmagan — u hali ham olgan jarohatidan to‘liq tiklanish jarayonida. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 22 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!