
"Tottenxem" yozda katta xaridlarni amalga oshirmaydi
"Shporlar" tarkibi o‘tgan mavsumdan buyon o‘zgarishsiz qolmoqda. So‘nggi ikki transfer oynasi vaqtida londonliklar birorta ham futbolchi bilan shartnoma imzolashmadi. Jamoa rahbariyati bosh murabbiy Maurisio Pochettinodan kelgusi mavsumda chempionlik uchun kurash olib borishini kutmoqda. Yozda esa ikki yoki uch nafar futbolchi sotib olish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, "Tottenxem" 70 ochko bilan Angliya Premer-ligasida 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar