
"Tottenxem"ning sobiq futbolchisiga Xitoy va Saudiya klubidan takliflar bo‘lmoqda
Mavsumni "Nyukasl" safida ijarada o‘tkazayotgan "Shalke" xavbeki Nabil Bentaleb faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli jazoirlik futbolchiga Xitoy, Saudiya Arabistoni va Rossiya klublaridan takliflar bor. Ammo, “Nyukasl”da uni 10 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqi bor.
“Shalke” esa koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqiroz sabab yiliga 5 mln evro maosh oladigan futbolchisini sotib yuborishi kutilmoqda.
Fikrlar