
"Tottenxem"ning sobiq hujumchisi yangi mavsumni "Manchester Yunayted"da boshlashi mumkin
"Manchester Yunayted" klubi ispaniyalik hujumchi Fernando Lorentega jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 34 yoshli futbolchini jamoadan ketishi kutilayotgan Romelu Lukaku o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lorentening so‘nggi jamoasi “Tottenxem” klubi bo‘lgan edi. Joriy yoz uning “shporlar” bilan shartnomasi yakunlandi va u ayni damda erkin agent hisoblanadi. Unga shuningdek “Roma”dan ham qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Lorente o‘tgan mavsum 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U shuningdek "Atletik", "Yuventus", "Sevilyu" va "Suonsi" jamoalarida ham to‘p surgan.
Fikrlar