
Totti: “Bunday narxga hujumchi topish qiyin”
“Roma” afsonasi Franchesko Totti sobiq klubining transferlar siyosatini tanqid qildi. Bundan tashqari Totti jamoaga yangi kelgan Artyom Dovbik haqida fikr bildirdi.
- Men hali ham “Roma”ning maqsadini tushunmadim. Klubda tartibsizliklar bo‘lyapti. Ko‘plab futbolchilar shunchaki kelib, yana boshqa klubga ketishmoqda. Transferlar oynasining so‘ngi kunida ham bir nechta yangi futbolchilar olib kelindi. Juda ko‘p pul sarflandi.
Dovbikga keladigan bo‘lsak, jamoaga yaxshi hujumchi kerak edi, 30 millionga yaxshi hujumchi topish juda qiyin,- dedi Italiya futboli afsonasi.
Rimliklar ertaga 15:30 da mehmonda “Jenoa”ga maydonga tushadi. Katta ehtimol legionerimiz Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi.
Fikrlar