Totti: Mavsum yakunida "Roma" bosh murabbiyi kim bo‘lishi ma’lum bo‘ladi

  • 28 aprel, 2019, 00:25
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rimning "Roma" klubi direktori Franchesko Totti jamoa yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishiga o‘z fikrini bildirdi.

- Bir necha hafta davomida Antonio Konte nomzodi OAVda ko‘p ta’kidlab o‘tilmoqda. Xozirda "Roma"ni Klaudio Raneri boshqarib kelmoqda, buni esdan chiqarmaslikni maslahat berardim. Mavsum yakunidagina bosh murabbiy o‘zgarishini yoki o‘zgarmasligini aytishimiz mumkin.

Ta’kidlab o‘tishim joizki, bizning maqsadimiz, Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish. Bunday vaziyatda bosh murabbiyni o‘zgarishi haqida gapirish yaxshi emas, - deya Tottining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!