
Totti Mxitaryanning "Roma"ga o‘tgani borasida: Rim uning uyiga aylanadi
"Roma" afsonasi Franchesko Totti "Arsenal" xavbeki Genrix Mxitaryanning rimliklar safiga o‘tgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, “bo‘rilar” 30 yoshli armanistonlik futbolchini 3 mln evro evaziga mavsum oxirigacha ijaraga olishdi.
“Bu yaxshi transfer bo‘ldi. Mxitaryan jamoaga sifat qo‘shadi. Rim uning uyiga aylanadi. Muxlislar uni qadrlashadi”, - deydi Totti.
Ma’lumot uchun, “Roma” A Seriyaning dastlabki ikki turidan so‘ng 2 ochko bilan musobaqa jadvalida 15-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar