Totti: "Real"ga o‘tishim uchun faqat imzo etishmagan edi"
"Roma"ning afsonaviy sobiq futbolchisi Franchesko Totti 2004 yilda "Real Madrid"ga deyarli o‘tib ketay degan pallasini esga oldi.
"Real"ga o‘tib ketishimga faqat bitta narsa — mening imzom etishmagan edi. Lekin mening o‘rnimga yuragim qaror qildi", — deya esga oldi italiyalik yarim himoyachi.
Ma’lumot o‘rnida, Franchesko Totti "Roma" safida 785 ta o‘yin o‘tkazib, 307 ta gol urgan va 205 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Italiyalik futbolchi 2017 yilda professional faoliyatini yakunlagan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Antonio Kassano aynan "Real"ga o‘tishdan bosh tortgani uchun Tottini "ahmoq" deb atagan edi.



Fikrlar