
"To‘y qachon", "kuyov jo‘ra kim?" - Futbol maydonida futbol haqida so‘z yuritilishi kerak
Abduqodir Husanov kecha mashg‘ulotlar avvalida bergan intevyusida ayrim jurnalistlar asosan uning shaxsiy hayotida haqida so‘rashdi. To‘g‘ri, futbol haqida ham etarlicha savollar bo‘lgan. Biroq ayrimlarining fokusi boshqa shaxsiy va maishiy mavzularga yo‘naltirilgan. So‘nggi kunlarda terma jamoaning yig‘inlariga qiziqish juda katta. Tabiiyki barcha OAV buni yoritishni istaydi. Ammo futbolni tushunmaydigan "jurnalistlar" kerakli savollarni berishni o‘rniga boshqa erlarga "o‘tlab ketmoqdalar".
Nega jurnalistlarimiz Abduqodirdan "Manchester Siti"ning o‘yin uslubiga qanday moslashgani, Gvardiolaning boshqa murabbiylardan qanday ustun jihatlari borligi, klubdagi ichki muhit, Chempionlar ligasida "Real"ga qarshi katta o‘yin, "Chelsi" bilan o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatosidan keyin inglis muxlislarining unga bo‘lgan munosabati, Liga1 dan APLning farqi, Gvardiola Abduqodirga qanday ko‘rsatmalar berishi, biroz bo‘lsada avvalgi agressevlik yo‘qolishi, bu murabbiyning ko‘rsatmasimidi, xullas, yana shunga o‘xshash savollar berilishi o‘rniga futbolchidan to‘yi qachon bo‘lishi, kuyov jo‘ra kimligi haqida so‘rashmoqda. Husanov proffesional futbolchi, undan futbol haqida so‘rash kerak. Balki shunda o‘zini erkinroq his qilib, savollarga batafsil javob berar.
Futbolni chindan tushungan, kasbini hurmat qilgan jurnalist faqat futbol haqida so‘raydi. Qolgan masalalar ikkinchi darajali. Bu mahalladagi choyxona emas. Futbol maydonida futbol haqida gap yuritiladi.
Muhammadqodir Ruzmatov
Fikrlar
барча журналистлар таниш-билиш килиб битирган булса, уларга дарс утганлар хам таниш оркали ишга жойлашган...