
Tozalash ishlari davom etmoqda: O‘FF murabbiylar, hakamlar va federatsiya xodimlari attestatsiyadan o‘tkazadi
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi o‘zbekistondagi murabbiylar, hakamlar va viloyat futbol federatsiyalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazilishini ma’lum qiladi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bu jarayon xodimlar malakasini oshirish, o‘z kasbining mutaxassisi bo‘lgan insonlar federatsiya tarkibida ishlashini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Attestatsiya davomida murabbiy, hakamlar va federatsiya xodimlarining kasbiy mahorati, bilimi, jismoniy holati maxsus tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan sinovdan o‘tkaziladi.
Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlar o‘z faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Attestatsiyadan o‘ta olmaganlar esa o‘z faoliyatini tugatishga majbur bo‘ladi.
Fikrlar