«Trabzonspor» yana bir sobiq «Liverpool» hujumchisini sotib oladi
Turkiyaning mashhur «Trabzonspor» klubi shu yozgi transfer oynasida Saudiya Arabistonining «Al-Hilyal» jamoasida to‘p surayotgan, «Liverpul» tarkibidagi o‘yinlari orqali muxlislarga tanish bo‘lgan urugvaylik hujumchi Darwin Nunezsni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Insayder va jurnalist Nikolo Skira tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 27 yoshli forvard «Trabzonspor»ga ijara asosida o‘tishiga juda yaqin turibdi. Avvalroq matbuotda Nunezsning «Beshiktaş» klubiga o‘tishi mumkinligi haqida ham xabarlar paydo bo‘lgan edi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, yaqinda «Trabzonspor» tarkibiga yana bir sobiq «Liverpul» hujumchisi — Misr terma jamoasi yulduzi Mohamed Salah ham qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Darwin Nunezs Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilyal» jamoasi safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar