Tramp Eronning Jahon chempionatida ishtirok etishi ularga xavf tug‘dirishini aytdi

  • 13.03.2026 03:04
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron milliy terma jamoasi 2026 yildgi Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkinligini aytdi, ammo bu ularning xavfsizligi nuqtai nazaridan to‘g‘ri emasligini ta’kidladi.

"Eron milliy terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin, lekin menimcha, ularning o‘z hayoti va xavfsizligi uchun bu to‘g‘ri qaror emas", — deb yozdi Tramp Truth Social tarmog‘ida.

Avvalroq Eron sport vaziri AQSh va Isroil tomonidan Tehronga berilgan zarbalardan keyin mamlakat sportchilari xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi qiyin bo‘lishi mumkinligini bildirgan edi. Ushbu hujumlar mintaqadagi mojaroni yanada keskinlashtirgan.

Ma’lumot uchun, 2026 yildgi mundial 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!