Transfermarkt APL futbolchilarining narxini yangiladi. Husanovda o‘zgarish bo‘ldimi?
Bir necha daqiqa oldin Transfermarkt portali Angliya Premer-ligasi futbolchilarining narxini yangiladi.
Unga ko‘ra, eng yuqori ko‘tarilgan ro‘yxatini Aleksandr Isak va Din Xyoysen egallab turibdi (20 va 18 million evro oshgan). Eng narxi pastlagan futbolchilar ro‘yxatini esa Foden, Xoland va Rodri band qilmoqda (30 va 20 million evrodan pastlagan).
.jpg)

Mavsum so‘nggini asosan zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgan milliy terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanovning narxida hech qanday o‘zgarish ro‘y bermadi. Undan avval, mashhur portal futbolchimizni 35 million evro deb e’lon qilgan edi.




Fikrlar