Trent Aleksander-Arnold "Real"ni tark etishi mumkin. Sababi ham ma'lum!
Madridning "Real" jamoasi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold yaqin vaqtlarda klubdan ketishi mumkin. Bu haqida "El Nacional" xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa angliyalik futbolchini kelajakda hisobga olmasligini ma’lum qilgan. Murabbiy va Trent o‘rtasida o‘tkazilgan suhbatda Arbeloa aniq qilib aytganki, futbolchi uning rejalariga kirmaydi va unga yangi jamoa qidirishini maslahat bergan.
Eslatib o‘tsak, avvalroq Aleksander-Arnold "Real"da maydonga chiqish imkoniyati bilan norozilik bildirgani xabar qilingan edi. 27 yoshli futbolchi Madrid klubi bilan 2025 yil yozda shartnoma imzolagan va "Real" sharafini himoya qilib, 16 ta o‘yinda 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. Hozirda Trentning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar