Troy Dini: "Flikning "Barselona"si Chempionlar ligasini yuta olmaydi"

  • 15.04.2026 15:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sobiq hujumchi Troy Dini "Barselona"ning hozirgi o‘yin uslubi bilan Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lishiga ishonmasligini aytdi.

Uning fikricha, Hans-Diter Flik jamoasi himoyada haddan tashqari katta tavakkal qiladi va raqiblarga juda ko‘p imkoniyatlar taqdim etadi.

"Ular Flik qo‘l ostida Chempionlar ligasi kabi turnirni hech qachon yuta olmaydi. Ularning o‘yin uslubi himoyada ortiqcha risk qilishga majbur qiladi va raqiblarga juda ko‘p vaziyatlar beradi.

Bunday darajada buncha ko‘p narsaga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shunday o‘yin bilan Chempionlar ligasini yuta olishmaydi", — dedi Dini.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" musobaqa chorak finalida "Atletiko"ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!