
TsSKA navbatdagi tur oldidan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi
Moskvaning TsSKA jamoasi Rossiya premer-ligasining 12-turi oldidan "Pari NN"ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqida "armiyachilar"ning rasmiy Telegram sahifasida e’lon qilindi.
Jamoalar o‘rtasidagi bahs 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida, TsSKA RPLning 12-turi doirasida 19 oktyabr kuni "Dinamo Maxachkala" jamoasi bilan bellashadi.
Fikrlar