TsSKA ustozi Fayzullaevning sariq kartochka olgani haqida gapirdi

  • 21 aprel, 2024, 15:03
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer ligasining 24-turidan o‘rin olgan TsSKA - "Axmat" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Abbosbek Fayzullaev 7-daqiqada raqibning qarshi hujumini to‘xtatib qoldi va sariq kartochka bilan jazolandi. Bu hamyurtimiz uchun chempionatdagi 4-ogohlantirish bo‘ldi va navbatdagi "Spartak"ka qarshi bellashuvni o‘tkazib yuboradi. Hamyurtimiz 63-daqiqada zaxiraga olindi. 

Bellashuvdan so‘ng matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan Fedotovga Fayzullaev haqida savol berildi.

Fayzullaev ettinchi daqiqadayoq sariq kartochka oldi. Unda 3 ta sariq kartochka bor edi. O‘yindan oldin unga ehtiyot bo‘lish haqida tayinlaganmidingiz?
"Biz har doim bunday narsalarni nazorat qilamiz, futbolchilarga imkon qadar kartochka olmasligingizni tushuntiramiz. Lekin maydonda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Har qanday futbolchi kurashga kirishganda hamma narsani unutadi", - dedi "armiyachilar" ustozi.

Xushxabarmi yoki noxush, o‘zingiz hal qiling! Rasman! Fayzullaev "Moskva derbisi"ni o‘tkazib yuboradi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. ...
21/04/2024 15:20
Узирру узимди фикримда нима кераги бор салбий фикирди уртага ташлаб сизар ватандошимиз хакида булмагир гапди йозиб хатто узтози хам айтибдику уйинда хар нарса булади деб