Tunis murabbiyi: "Bunday mag‘lubiyat bilan boshlash og‘riqli"
Tunis terma jamoasi bosh murabbiyi Sabri Lyamushi Jahon chempionatining birinchi turida Shvetsiyadan uchralgan yirik mag‘lubiyat (1:5) haqida fikr bildirdi.
Mutaxassis turnirni bunday natija bilan boshlash jamoa uchun og‘ir zarba bo‘lganini ta’kidladi.
"Bu og‘ir mag‘lubiyat. Turnirni shunchalik yirik hisobdagi mag‘lubiyat bilan boshlash juda og‘riqli.
Biz juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Shvetsiya hujumchilari kabi jahon darajasidagi futbolchilarga qarshi bunday xatolar kechirilmaydi", — dedi Lyamushi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuvda Shvetsiya hujumchilari Aleksander Isak va Viktor D’yo’keresh bitta dan gol urdi. D’yo’keresh yana bir golli uzatmani amalga oshirgan bo‘lsa, Isak ikki marta jamoadoshlarining gol urishiga yordam berdi.
Ushbu g‘alabadan keyin shvedlar guruhdagi holatini yaxshilab olgan bo‘lsa, Tunis keyingi turlarda vaziyatni o‘nglashga harakat qiladi.

Fikrlar