
Turkiya klubi "Liverpul" yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Alison Beker yozda "Liverpul"ni tark etishi mumkin. Mavsum yakunida mersisaydliklar safini hozirda "Valensiya"da ijara asosida o‘ynayotgan Georgiy Mamardashvili to‘ldiradi. Shu tariqa, "qizillar" asosiy darvozabon pozitsiyasida o‘zgarish qilishi mumkin.
"Sabah" nashrining xabar berishicha, Alisonga qiziqish bildirayotgan klublardan biri — Turkiyaning "Galatasaray" jamoasi. Bu klub so‘nggi yillarda Evropadan nomdor futbolchilarni jalb qilishga harakat qilmoqda. Masalan, hozirda "Galatasaray" safida ijara asosida hujumchi Viktor Osimhen harakat qilmoqda.
32 yoshli posbon "Transfermarkt" portali tomonidan 25 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar