
Turkiya Superligasi. "Galatasaray" o‘z uyida "Rizespor"ni ishonchli hisobda taslim etdi
Turkiya Superligasining 4-turidan o‘rin olgan "Galatasaray" - "Rizespor" klublari o‘rtasidagi bellashuvda maydon egalari 3:1 hisobida muvaffaqiyatga erishib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi. Husniddin Aliqulov esa 73-daqiqada zaxiraga olindi. Undan avval esa hamyurtimiz sariq kartochka bilan jazolangan edi.
Dastlab bellashuvning 20-daqiqasida Davinson Sanches hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida Viktor Osimxen oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Oradan 8 daqiqa o‘tib Dal Vareshanovich hisobni qisqartirishga muvaffaq ham bo‘lgan edi, lekin qo‘shib berilgan daqiqalarda Mauro Ikardi oradagi farqni yana 2 taga oshirib qo‘ydi.
"Galatasaray" ushbu g‘alaba orqali 4 ta uchrashuvdan so‘ng 12 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalida etakchilik qilmoqda. "Rizespor" esa 3 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ochko to‘pladi va 16-o‘rinni band qildi.
Fikrlar