Turkiya Superligasi. Shomurodov gol urgan bahsda "Istanbul Bashakshehir" kambek qurboni bo‘ldi

  • 24.11.2025 23:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiya Superligasining 12-turida Nuri Shaxin boshchiligidagi "Istanbul Bashakshehir" o‘z uyida "Trabzonspor"ni qabul qilib, 4:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov esa uchrashuv davomida o‘zining navbatdagi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 
 
Bellashuvning 10-daqiqasidayoq "Bashakshehir" futbolchisi Festi Ebosele qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 22-daqiqada Devi Zelke 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 37-daqiqada "Trabzorspor" futbolchisi Felipe Augusto oradagi farqni yo‘qqa chiqazgan edi. Lekin 45-daqiqada Eldor Shomurodov bosh bilan Onana darvozasini ishg‘ol qilib, tanaffusga jamoasini g‘olib sifatida chiqib ketishini ta’minladi. Pol Onuachu 76-daqiqada penaltidan foydalanib, oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi hamda to‘purarlar jadvalida Shomurodovga etib oldi. Oradan 1 daqiqa o‘tib Ernest Muchi jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan vaqtda Yildirim hisobni 3:3 ko‘rinishiga keltirdi. Biroq, 90+11-daqiqada Ernest Muchi dublni rasmiylashtirib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "Istanbul Bashakshehir" ushbu bellashuvdan so‘ng 13 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi. "Trabzonspor" esa 28 ochko bilan 3-o‘rinni mustahkamladi.

  • Türkiye - Super Liga
  • Joriy Mavsum
3702.png

Istanbul Bashakshehir

  • Davie Selke 22'
  • Eldor Shomurodov 45'
  • Bertuğ Yıldırım 90'
Tugadi
3 : 4

24.11.2025 22:00

688.png

Trabzonspor

  • Felipe Augusto 37'
  • Paul Onuachu 76'
  • Ernest Muci 77'
  • Ernest Muci 90'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!