Turkiyada “Oy futbolchisi” mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi
Turkiya Superligasida dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ma’lum bo‘ldi. E’tiborlisi, ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va “Istanbul Boshakshehir” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov ham o‘rin oldi. Hamyurtimiz yakunlanayotgan oy davomida 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Mazkur sovrin uchun quyidagi futbolchilar kurash olib bormoqda:
Vatslav Cherni
Ernest Muchi
Viktor Osimxen
Marko Asensio
Milan Shkriniar
Orkun Kökchü
Davinson Sanches
Eldor Shomurodov
Festi Ebosele
Andre Onana
G‘olib muxlislarning ovoz berishi orqali aniqlanadi.

Fikrlar