Turkiyalik xavbek Ronaldu bilan birga to‘p surmoqchi
"Roma" yarim himoyachisi Jengiz Under yozgi transfer oynasi vaqtida klub ro‘yxatini almashtirishi niyatida, - deya xabar bermoqda Fanatik nashri.
Manbada ta’kidlanishicha, 22 yoshli futbolchining xizmatlariga Turinnig "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda. "Bo‘rilar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2023 yil yozida yakuniga etadigan turkiyalik futbolchining transferi 30 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Under "Roma" libosida A Seriya bahslarida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 3 ta gol kiritishni uddaladi.

Fikrlar