Turklar “Siti” yulduzini so‘rayapti
Turkiyaning “Fenerbahçe” klubi yozda “Manchester Siti”ni tark etadigan Bernardu Silvani oʻz safiga qoʻshib olish uchun harakat boshladi.
31 yoshli portugalialik yarim himoyachi mavsum oxirida jamoani tark etishi va shartnomasi tugashi aniqlashgan.
Manbalarga koʻra, “Fenerbahçe” sport direktori Devin Oʻzek hamda klub rahbarlaridan biri Ertan Torunogʻullari yaqin kunlarda Angliyaga borib, futbolchining agenti Jorje Mendes bilan uchrashadi.
Istanbul klubi Bernarduga kelasi mavsum uchun taklif tayyorlamoqda.
Biroq “Fenerbahçe”ga jiddiy raqobatchilar bor. Ularning asosiy raqibi “Galatasaroy” ham Silvaga qiziqmoqda va unga yiliga 15 million yevro maosh taklif qilishga tayyor.
Shuningdek, futbolchiga “Yuventus”, “Barselona” va “Milan” kabi katta klublar ham eʼtibor qaratgan.
Bernardu Silva 2017 yildan beri “Manchester Siti” safida 454 ta oʻyin oʻtkazib, 76 gol va 77 assist qayd etdi. U klub bilan 19 ta sovrin yutib, jumladan 6 marta Angliya chempioni va bir marta Chempionlar ligasi gʻolibi boʻlgan.
Hozircha futbolchining keyingi manzili nomaʼlum, ammo u hozir barcha eʼtiborini mavsumni sovrinlar bilan yakunlashga qaratgan.

Fikrlar