
Turkmaniston U-23 bosh murabbiyi: "Keyingi bosqichga chiqish uchun nima kerak bo‘lsa, hammasini qilamiz"
Turkmaniston U-23 hamda Eron U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda qo‘shnilarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Turkmaniston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmet Agamuradov bellashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini gapirib o‘tdi.
"Turkmaniston bu musobaqa tarixidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu yutuqdan faxrlansa arziydi.
Futbolchilarimiz yaxshi harakat qilishdi va yakunda natija ham shunga mos bo‘ldi. Endi bor e’tiborimizni guruhdagi so‘nggi o‘yinga qaratishimiz lozim. Keyingi bosqichga chiqish uchun nima kerak bo‘lsa, hammasini qilamiz.
Final hushtagi chalinganidan so‘ng yigitlar kiyim almashtirish xonasida g‘alabani nishonlashdi. Barchamiz Eronni engganimizdan xursand edik. Men ularga shu imkonni berdim. Sababi, futbolchilar bunga loyiq edi", - dedi mutaxassis.
Fikrlar