Turkmaniston va Qirg‘izistondan kelgan murabbiylar OKMKda amaliyot o‘tashmoqda

  • 7 sentabr, 2024, 06:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, OKMK professional futbol klubi va qo‘shni davlat jamoalari o‘rtasida futbolni rivojlantirish yo‘lida keng qamrovli hamkorlik munosabatlari o‘rnatilgan.

Tecno

Manu shunday hamkorlikning navbatdagi bosqichi Olmaliq shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, Qirg‘iziston vakili, ya’ni Asilbek Momunov nomidagi futbol akademiyasi murabbiyi Nazimbek Koshokov hamda Turkmanistonning "Ahal" jamoasida faoliyat yuritayotgan Eziz Annamuhammedov ayni kunlarda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi qo‘l ostida amaliyot o‘tashmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, qirg‘izistonlik Nazimbek Koshokov aynan OKMK professional futbol klubi va Asilbek Momunov nomidagi futbol akademiyasi o‘rtasida imzolangan memorandumga binoan OKMK jamoasi bazasiga tashrif buyurdi.

Qirg‘iziston va turkmanistonlik murabbiylar amaliyoti 3 sentyabrdan 13 sentyabrga qadar davom etadi. Bu jarayonda ular yangi yondashuvlar asosida futbolchilar bilan ishlash va shunga doir metodikalarni o‘rganib, o‘zlari uchun foydali bo‘lgan strategiyalarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

OKMK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Улаш Исломов Адашевич
07/09/2024 09:06
Миржалол қосимовдан ўрганса бўлади. Чунки у Ўзбек футболи афсонаси.