Turkmanistonga qarshi birinchi o‘yinni eslab!

  • 6 iyun, 2024, 15:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati 2-saralashi doirasida Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi. 

Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuv sun’iy maydonda o‘tkazilgan edi va unda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. 

Asosiy tarkib quyidagicha edi:

Darvozabon: O‘tkir Yusupov;

Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov, Husniddin Aliqulov, Rustam Ashurmatov, Abduquodir Husanov, Farrux Sayfiev;

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov;

Hujumchilar: Azizbek Turg‘unboev, Oston O‘runov, Eldor Shomurodov.

Birinchi bo‘lim yakunida Turkmaniston terma jamoasining 4-raqamli futbolchisi Meylis Durdiev darvozamizning yaqin burchagini aniq nishonga olib hisobni ochgan.

Ikkinchi bo‘limda vakillarimz ketma-ket hujum uyushtirishi natijasida 57-daqiqada termamiz sardori Eldor Shomurodovning uzatmasidan so‘ng Otabek Shukurov o‘yinda muvozanatni tiklagan, 77-daqiqada Shukurov dublni rasmiylashtirgandi.

Uchrashuv so‘ngida Shukurovning super pasidan keyin Shomurodov ham raqib darvozasini ishg‘ol qilgan - 1:3.

Eslatib o‘tamiz, bugungi uchrashuv soat 19:30da "Bunyodkor" stadionidan start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!