"Turon" atrofidagi gap-so‘zlarga klub matbuot xizmati aniqlik kiritdi
Xabaringiz bor, "Qizilqum"ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan "Turon" bosh murabbiyi Islombek Ismoilov o‘z arizasiga ko‘ra iste’foga chiqarildi. Shundan so‘ng klub rahbariyati tomonidan jamoa boshqaruvi vaqtincha polshalik mutaxassis Boguslav Baniakka ishonib topshirildi.
Oxirgi paytlarda yaypanliklar atrofida gap-so‘zlar ko‘paydi. Ya’ni jamoani kim shug‘ullantirayotgani borasida. Ularga klub matbuot xizmati aniqlik kiritib o‘tdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, ayni damda Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Turon" uchrashuviga jamoani vaqtincha bosh murabbiy Boguslav Baniak tayyorlamoqda.

"Turon" futbol klubi muxlislaridan turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan noto‘g‘ri xabarlarga ishonib qolmasliklarini so‘raydi. Klubga oid yangiliklar ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar orqali e’lon qilib borilishi bildirildi.

Fikrlar