"Turon" bosh murabbiyi: Futbolchilarimiz og‘ir yuklamalardan keyin maydonga tushishdi

  • 9 yanvar, 2021, 18:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun saytimiz orqali xabar berganimizdek, “Turon” o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida “Andijon”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bellashuvdan so‘ng, “Turon” jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov sports.uz uchun taassurotlarini bildirdi.

Tecno

- Dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil etdik. Qishki yig‘inni boshlaganimizga 7-8 kun bo‘ldi. Tayyorgarligimizning birinchi bosqichida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga e’tibor qaratiladi. “Andijon” bilan uchrashuvni futbolchilarimiz og‘ir yuklamalardan keyin o‘tkazishdi. Shuning uchun barcha o‘yinchilarimizda charchoq alomatlari bor edi. Birinchi uchrashuvdanoq, yigitlardan ko‘p narsani talab qilishning iloji yo‘q. Nima bo‘lsa ham jamoamiz g‘alaba qozonganidan xursandman. Shu ruhda davom etamiz. Albatta, kamchiliklarimizni to‘g‘rilab, o‘yin sifatimizni yanada yaxshilashga e’tiborni oshiramiz. O‘yinda ko‘plab yangi futbolchilar maydonga tushirildi. Ularning o‘zaro til topishishlari uchun ham vaqt kerak bo‘ladi.

“Andijon”da haqida? Ularda o‘tgan yilgi tarkibidan ayrim o‘yinchilar to‘p surdi. Qolaversa, bir qancha yoshlar harakat qildi. Lekin hozirdan jamoalar haqida bir narsa deyish qiyin. Boz ustiga raqib to‘g‘risida fikr bildira olmayman, chunki o‘z murabbiylari bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!