
"Turon" bosh murabbiyiga mag‘lubiyat qattiq ta’sir qildi...
“Turon” klubi o‘z uyida “Qizilqum”ga 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi Ilhom Zaylobiddinov ishtirok etdi.
- Birinchi navbatda “Qizilqum” jamoasini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Maqsadimiz faqat g‘alaba qozonish edi. Afsuski, omad raqib tomonida bo‘ldi. Futbolchilarimizda ishtiyoq ham yuqori edi.
Albatta, uchrashuv davomida qiyinchiliklar bo‘ldi. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Lekin ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida o‘yinchilarimiz toliqib qolishdi. Shu o‘rinda stadionga kelib jamoamizni faol tarzda qo‘llab turishgani uchun muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Mag‘lubiyat uchun ulardan uzr so‘raymiz.
Bosh murabbiyga mag‘lubiyat qattiq ta’sir qildi. Uning hozirgi holatini to‘g‘ri tushunish mumkin. Bunday pallada matbuot anjumanida ishtirok etishi qiyin edi.
Fikrlar