
"Turon" darvozaboni klubdan ketdi
Ortda qolgan mavsum davomida "Turon" tarkibida harakat qilgan yosh posbon Xumoyunshoh Sayyotov bilan tuzilgan shartnoma ikki tomonning o‘zaro kelishuviga bekor qilindi.
Sayyotov U-21 yoshlar jamoasi safida, shuningdek Coca-Cola Superliga doirasida Toshkentning «Paxtakor» va Navoiyning «Qizilqum» klublariga qarshi o‘yinlarda asosiy jamoa darvozasini munosib himoya qildi.
Bundan tashqari, yosh posbon O‘zbekiston U-20 terma jamoasi safida ham bir nechta uchrashuvlarda maydonga tushgan.
"Turon" matbuot xizmati.
Fikrlar