"Turon" ganalik hujumchisidan voz kechadimi?

  • 13 may, 2021, 20:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga debyutanti – “Turon” klubi mavsum avvalida tarkibiga bir qator tajribali o‘yinchilar bilan birga legionerlarni ham taklif qildi. Biroq hozirgi vaziyatga kelib jamoa sharafini himoya qilayotgan xorijlik o‘yinchilarning barchasi ham kutilgan o‘yinni ko‘rsatayotgani yo‘q.

Ganalik hujumchi Kvame Karikari “Turon”ga katta umidlar bilan taklif qilingandi. Ammo sports.uz olgan ma’lumotga qaraganda, tez orada ushbu legionerning jamoani tark etishi kutilmoqda.

Karikari “Turon” safida Superliga doirasida beshta uchrashuvda maydonga tushdi. Garchi hujumchi bo‘lishiga qaramasdan u gol ura olgani yo‘q. “Turon”ning oxirgi o‘yinlarida esa Karikari hattoki qaydnomaga ham kiritilmayapti.

Yaqinda “Turon” murabbiyi Murod Ismoilov sports.uz saytiga bergan intervyusida ganalik hujumchi borasida adashishganini aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Usmonov Jaloliddin
13/05/2021 20:42
Xaltalar asabdi buzdi oxiridayam xaltasi chiqib qoldi tashamedi oxirigacha varatarga raxmat xammen mol boq qizilqum turon 1:0dabba