"Turon" stadionidan vaqtincha foydalanib turadigan "Qo‘qon-1912"ning maydoni tubdan o‘zgartirilyapti

  • 07.01.2024 10:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor Qo‘qondagi «Markaziy» stadioni maydoni ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Maydondagi eski chim olib tashlandi va kavlash va qazish ishlari olib borildi. Endi yangi drenaj tizimi va avtomatik sug‘orish tizimi o‘rnatiladi. Ushbu vazifalar bahorga qadar mukammal tarzda amalga oshiriladi. Shundan so‘ng bahor faslining boshida yangi, sifatli chim urug‘i sepiladi. Maydon sifatini oshirish uchun olib borilayotgan ishlash sababli «Qo‘qon-1912» Pro liganing birinchi davrasini Yaypandagi «O‘zbekiston» stadionida o‘tkazib turadi.

kukon stadio1

Rahbariyat tomonidan olib borilayotgan ishlar natijasida Respublikamizda yana bir sifatli maydonga ega bo‘lish imkoni paydo bo‘ladi. Umid qilamizki, maydon maysasi mukammal tarzda amalga oshirilganidan so‘ng «Qo‘qon-1912» jamoasi OFK talabiga javob beradigan stadionda harakat qiladi.

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!